xizmat ko'rsatish ofisining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Ushbu “Shou-rum” Navoiy shaxri Zarafshon ko’chasi 6, 1-uyda joylashgan, mo’ljal 1-sonli umumtalim maktabi oldida.
Tantanali ravishda ramziy qizil tasmani kesish marosimida axborot va telekommunikatsiya sohasidagi mehmonlar va shahar aholisi ishtirok etishdi, shuningdek "Telecom Devices Pro" MChJ faoliyati va yangi servis markazining xususiyatlari to'g'risida taqdimot bo'lib o'tdi. Tadbirda "O'ztelecom", "Uzmobile", "Ucell", Navoiy shahar hokimligi va jurnalistlar ishtirok etdi.

Barcha mahsulotlar jumladan GSM va CDMA-450 standartidagi statsionar va mobil telefonlar, bolalar uchun GPS navigatorli soatlar, 4G Mi-Fi va USB routerlardan tortib to elektr rozetkalar va elektr kalitlargacha mehmonlar va mijozlarni o'zining ajoyib sifati bilan hayratda qoldirdi.
“Telecom Devices Pro” MChJni qisqa vaqt faoliyat olib borishiga qaramay, mahsulotlar xalqimizning qalbini zabt eta oldi.

“IDevice” ofisida mijozlar uchun barcha turdagi telekommunikatsiya xizmatlari mavjud (telefon uchun to'lov, Uzmobile raqamlari va IPTV televizoriga ulanish). Ushbu ofisda eng muhimi - tajribali mutaxassislar mijozlarga maslahatlar berishadi.
Xohlovchilar uchun ushbu qurilmalar haqida batafsil ma'lumot olish va ularni amalda sinab ko'rish mumkin. “IDevice” ko'rgazma zalining xodimlari maksimal darajada ishlashga harakat qilishadi, shunda sarflangan vaqt faqat yoqimli taassurot qoldiradi.
«Uztelekom» AK Navoiy filiali direktori Jamshid Jo'raev ta'kidlaganidek: «Yuqori texnologiyalarga asoslangan mijozlarga xizmat ko'rsatish markazining ochilishi biz uchun muhim va ahamiyatli voqea.
"Telecom Devices Pro" MChJ o'z mijozlariga eng zamonaviy va yuqori sifatli qurilmalarni qulay joyda taqdim etishga intiladi. Yangi formatdagi ofis Navoiy shahri aholisiga yanada raqobatbardosh mahsulotlar va raqobatbardosh narxlarni taklif qilish bilan xizmat qiladi.

“Telecom Devices Pro” MChJ bosh direktori Raximov Nodir Maxmudovich takidlaganidek, - ushbu loyiha sinov loyihasi ekanligi va bizning “IDevice” brendi ostidagi mahsulotlarimiz dunyo brendlaridan hech qanday qolishmasligini takidlab o’tdi. Umid qilamizki, yangi formatdagi ofislar boshqa joylarda ham ochiladi va mijozlarga xizmat ko'rsatishning yuqori standartlarini ta'minlaydi. 
Sifatli mahsulotlarni namoyish etgan holda, “Idevice” o'z mijozlariga juda samimiy his-tuyg'ularni berishni rejalashtirmoqda.
Bugungi kunda “Telecom Devices Pro” ushbu zamonaviy mahsulotlarida milliy an'analarni aks ettiruvchi hamda takrorlanmas afzalliklarini o’zida jamlovchi kompaniyadir.